FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida mahalla yoshlari o‘rtasida besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsum ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Viloyatda 788 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda istiqomat qilayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tanlov va musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2023-yilda o‘tkazilgan olimpiadada viloyatda istiqomat qilayotgan 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, jami 1 million 463 ming yosh qamrab olindi.
[gallery-16349]
Mavsum ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, cport hamda yoshlar ishlari boshqarmalari mas’ullari, sportchilar va yoshlar ishtirok etdi.
Viloyatda bugungi kunga qadar “Besh tashabbus.uz” elektron platformasi orqali 300 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qiz sport musobaqalari va tanlovlarda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA