Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “Besh tashabbus olimpiadasi va paralimpiadasi”ning yangi mavsumi boshlandi
16:25 / 2026-02-22

FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida respublikaning barcha hududlari onlayn ulangan holda yoshlar o‘rtasida an’anaviy tarzda beshinchi marotaba o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va paralimpiadasi” loyihalarining 2026-yilgi mavsumiga tantanali start berildi.

Ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda, yoshlarga xos shijoat va sportga bo‘lgan yuksak qiziqish muhitida tashkil etildi.

Tadbirda viloyat sport boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Namangan viloyati bo‘limi vakillari, sportchilar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar mazkur loyiha yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish va paralimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

[gallery-27806]

Shuningdek, paralimpiada yo‘nalishining izchil rivojlantirilayotgani imkoniyati cheklangan yoshlarning sport orqali o‘z iqtidorini namoyon etishi, jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA