FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatining asosiy bayram tadbiri “Yangi O‘zbekiston bog‘i” amfiteatrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu majmuaga viloyat faollari, jamoatchiligi, mehnat ilg‘orlari, nuroniylar, yoshlar, aholi vakillari jam bo‘ldi.
Tantanali tadbir viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov barchani eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan qutladi. Keyingi yillarda viloyatda kambag‘allikni qisqartirish, yurt obodligi, aholi turmush farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi haqida tahliliy raqamlar, misollar keltirildi. Shuningdek, kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Bayram dasturida viloyat san’at ustalari va yurtimizning taniqli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ayniqsa, harbiylar hamda bolajonlarning chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi. Dastur Namangan osmonida porlagan maftunkor mushakbozlik bilan yakunlandi.
[gallery-25071]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA