Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakuniga yetdi
12:03 / 2025-10-25

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan iqtidorli gimnastikachilar jamoaviy va yakka bahslarda o‘z mahoratini namoyon etdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari maktabi egalladi. Keyingi o‘rinlar Buxoro va Samarqand viloyatlari vakillariga nasib etdi.

[gallery-25923]

Shuningdek,  jamoaviy final 5 ta tasma va 5 ta koptok bilan, yakkalik bahslarda xalqa, koptok, tasma va bulavalar bilan ham g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Mazkur musobaqa yosh gimnastikachilarning mahoratini oshirish, ularning sportga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA