Namanganda atirgullar chiroy ochmoqda
FOTOREPORTAJ
Har yili Namangan xalqaro maqomga ega bo‘lgan gullar festivaliga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rgan holda, mehmonlarni qarshi oladi.
Bu yil ham gullar bayramiga har qachongidan-da qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Millionlab gul ekilgan shahar ko‘chalari mehmonlarni kutib olishga tayyor.
[gallery-11618]
Ayniqsa, 2022-2023 yillar oralig‘ida shaharning ko‘cha va xiyobonlariga 500 mingdan ortiq atirgul o‘tqazilgani tahsinga sazovor.
Gullar shahri bo‘lgan Namanganning barcha ko‘cha va xiyobonlaridan joy olgan ushbu atirgullar shahar chiroyiga yanada chiroy qo‘shib, insonlar kayfiyatini a’lo darajada bo‘lishini ta’minlamoqda.
Ona tabiat go‘zalligidan bahra olishni istasangiz, Namanganga shoshiling!
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA