Namanganda aholiga ko‘mir yonilg‘isini uzluksiz yetkazish choralari ko‘rilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida iste’molchilarni 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun jami 600,3 ming tonna (shundan 251,8 ming tonna mahalliy va 348,5 ming tonna import) ko‘mir yonilg‘isi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
[gallery-14626]
Jumladan, aholi xonadonlariga 243 ming tonna ushbu turdagi yonilg‘ini yetkazib berish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shu kunga qadar 120,5 ming tonna ko‘mir talabgorlarga tarqatildi.
Bundan tashqari tuman omborxonalarida 3,5 ming tonna mahalliy ko‘mir jamg‘arish ishlari boshlab yuborilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA