Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda afv asosida ozod etilganlar bilan muloqot o‘tkazildi
12:17 / 2022-03-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z umumxalq bayrami arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 75 nafar shaxs afv etildi.

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov, Namangan shahar va Norin tumani sektor rahbarlari o‘z uyiga qaytarilgan 2 nafar namanganlik shaxsning yashash xonadoniga borib, ular bilan muloqot o‘tkazdi.

[gallery-6276]

Muloqot davomida mazkur fuqarolar insonparvar siyosati uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va qilgan qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, hayotda o‘z o‘rinini topishga kirishganini aytib o‘tdi.


Hotam MAMADALIEV, O‘zA