Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda "Adliya bog‘i" barpo etildi
09:48 / 2023-11-30

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar atrofida "Yashil belbog‘" barpo etish bo‘yicha alohida vazifa belgilab berilgan edi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo‘limlari xodimlari viloyatning olis va tog‘li hududi sanalgan Pop tumanida bunyod etilayotgan "Adliya bog‘i"ga borib, daraxt ekish ishlarida faollik ko‘rsatdi.

Mazkur bog‘ning umumiy maydoni qariyb bir yarim gektarni tashkil etib, u yerga 7 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatini ekib, parvarishlash ko‘zda tutilgan.  

Xayrli ish boshlanishidan avval Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Xayrullo Sobirov, bir necha yillar adliya tizimida faoliyat ko‘rsatib, hozir keksalik gashtini surayotgan nuroniylar so‘z olib, atrof muhitni muhofaza qilish, yurtning ko‘kalamzor bo‘lishiga xissa qo‘shishga bel bog‘lagan xodimlarga minnatdorlik bildirdi.

Albatta, “Yaxshidan bog‘, yomondan dog‘ qoladi” deganlaridek, bugun yaxshi niyatlar ila ekilgan har bir nihol ertaga o‘zining jamolini ko‘rsatadi.  

Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham qulay tabiiy muhitda yashashi uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor berishimiz, yangi-yangi bog‘lar yaratishimiz  zarur.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri