Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “Adliya ayoli” saralandi
19:12 / 2025-08-22

Namanganda Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Adliya ayoli” tanlovining viloyat bosqichi tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bir ezgu maqsad yo‘lida birlashtirdi.

Mazkur tanlovda viloyat adliya boshqarmasi va uning shahar, tuman bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan ayol xodimlarning dunyoqarashi va huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Unda adliya tizimida mehnat qilayotgan opa-singillar o‘rtasidagi ikki shartdan iborat tanlovda to‘qqiz nafar ishtirokchi aqliy salohiyatini namoyon qildi.

Tanlov jarayonida xodimlar test sinovlarida ishtirokchilar mehnat faoliyatiga oid savollarga javob berdilar. Qonunchilikka bergan takliflar hakamlar tomonidan e’tirof etildi. Barcha shartlarda munosib faollik ko‘rsatib, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etganlar saralab olindi.

Natijalarga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Gulnora Karimjonova g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Mingbuloq tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudiri Oygul Abdullayeva ikkinchi, Uchqo‘rg‘on tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Gulmira Abdusalomova uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.