Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda 90 yoshli otaxonga “ID” karta berildi
03:51 / 2023-01-05

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari markazi faoliyatiga besh yil to‘lishi munosabati bilan joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Namanganda ham viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuman, shahar davlat xizmatlari markazlarida aholiga tez va sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.

Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda fuqarolar bayram shukuhidan zavq oldi. Sovuq ob-havoda ulashilgan iliqlikdan so‘ng, markazga o‘g‘il-qizlari bilan kelgan kishilarga sovg‘alar taqdim etildi.

Namangan shahrida yashovchi Haybulla Rasulov 1932 yilda tug‘ilgan. Bundan 90 yil avvalgi paytdagi xatolik sabab keksa nuroniyning fuqarolik pasportida tug‘ilgan oy va kuni noto‘g‘ri yozilgan. Otaxonning qilgan murojaati shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan ijobiy hal etilib, fuqarolikni rasmiylashtiruvchi “ID” karta hamda xorijga chiqish biometrik pasporti berildi. Qolaversa, tabarruk bobo boshqarma tomonidan xizmatdan foydalangan “Eng keksa mijoz” sifatida e’tirof qilinib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

Oqilxon Dadaboyev,  

O‘zA