French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda 8 ta ta’lim muassasasi – “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ldi
16:12 / 2022-05-23

Namanganda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida baholangan viloyatdagi 38 ta maktab rahbarlari hamda sohaga daxldor mas’ullar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilinib, maqom olgan maktablarga muvofiqlik sertifikatlari topshirildi.

To‘rtta yo‘nalish va mezonlar asosida umumta’lim maktablarida o‘rganishlar o‘tkazilgan edi. Unga ko‘ra, Chortoq tumanidagi 53-, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari, Davlatobod tumanidagi 48-sonli umumta’lim maktabi ikkinchi darajali, Namangan shahridagi 1-, Pop tumanidagi 67-, Chust tumanidagi 52-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari, Mingbuloq tumanidagi 14-, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktablari uchinchi darajali sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.



– O‘quv dargohimiz qo‘yilgan talablar asosida baholanib, viloyatda eng sara ta’lim maskanlari orasidan “zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ldi, – deydi Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori Sherzodbek Sodiqov. – Albatta, bunga osonlik bilan erishilgani yo‘q. Oxirgi uch yilda maktabimizning moddiy-texnik bazasi yanada boyitildi, eng so‘nggi rusumdagi kompyuter texnologiyalari, zarur jihozlar o‘rnatildi. Birgina, o‘tgan o‘quv yilida bitiruvchilarimizning 87 foizi oliy o‘quv yurtlari talabasi bo‘lgan bo‘lsa, ularning deyarli yarmi muddatidan oldin chet eldagi nufuzli universitetlarga qabul qilindi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli fan va sport, san’at, kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etganmiz. Bizga o‘z farzandini ishonib topshirgan ota-onalarimiz bundan xursand bo‘lib, minnatdorchilik bildirganida albatta, quvonamiz. Ustozning mehnati u bilim berayotgan o‘quvchilarning yutuqlarida ko‘zga tashlanadi.



Oqilxon Dadaboyev, O‘zA