Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda 8 mart bayrami arafasida 110 nafar ehtiyojmand xotin-qizga uy-joy topshirildi
08:20 / 2023-03-05

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Humo” majmuasida shu munosabat bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi so‘zining avvalida barcha xotin-qizlarni yaqinlashib kelayotgan bahorning ilk bayrami bilan tabrikladi.  

[gallery-10830]

Inson qadrini ulug‘lash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanib, Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.

Mazkur tizim doirasida turmush sharoiti og‘ir, yordamga muhtoj ayollarni uy bilan ta’minlashga qaratilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Unga ko‘ra, viloyatda o‘tgan 2022 yilda 1410 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizning 859 nafari uy-joy bilan ta’minlandi. Shuningdek, 204 nafar xotin-qizni ijara kompensatsiyalari to‘lanib, 621 nafar xotin-qizni uy-joyi ta’mirlab berildi.

Tadbirda ana shu ezgu ishlarning davomi sifatida  “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlardan 110 nafariga uy-joylar topshirildi.  

Tadbirda san’at ustalari ijrosida badiiy dastur namoyish etildi.:

Hotam MAMADALIEV (olgan)., O‘zA