Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda 480 nafar o‘quvchi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichida qatnashdi
16:05 / 2023-07-31

FOTOREPORTAJ

Bilim va malakalarni baholash agentligi Namangan viloyati bo‘limi binosida Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bosqichda saralangan 480 nafar o‘quvchi qatnashdi. Qabul kvotasi 24 tadan iborat.  

Imtihonda Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkilotidan Mishel Keddi xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ham ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

[gallery-12964]

Talabgorlarga matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa, ingliz tili fanidan grammatika va matn bilan ishlash bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarish uchun 40 daqiqa vaqt berildi. O‘quvchilarning ota-onalari test2023.uz sayti orqali imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniga ega bo‘ldi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA