English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda 12 ta 15 qavatli uy-joy qurilishi avjida
10:04 / 2021-10-04

Namangan shahri bugun ulkan qurilish maydoniga aylanib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishga yuz tutgan.

Elobod mahallasida qad rostlayotgan Elobod City turar-joy massivi ikki oy avval tekis yer edi. Hozir bu joyda 12 ta 15 qavatli uy-joy qurilishi avjida.

Shirkatimiz Yevropada ham qator loyihalarni amalga oshirgan, - deydi loyiha bosh me’mori Yilmaz Aksoy. Germaniyada turar-joy massivlarini qurganmiz. Ushbu massivda to‘qson kunda bitta 15 qavatli turar-joyni qurib bitkazib, egasiga topshirishni mo‘ljallaganmiz. Hozir ikkita qurilishda tomga chiqdik, keyingi oyda xonadonlarni egalariga topshiramiz. Yana ikki uyni ikki qavatga ko‘tarib qo‘ydik. Kelasi yil may oyida loyihani to‘la yakunlaymiz.

Darhaqiqat, ishlar jadal, sur’at tez. Shunga monand ravishda puxtalik va sifat ham o‘z o‘rnida.

[gallery-4142]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA