Namangan yana bir sport musobaqasiga mezbonlik qilmoqda
Namangan shahridagi Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi joylashgan “Pahlavon” sport majmuasida Badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon To‘ychiyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga bellashuvlarda omad tiladi.
Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan 250 nafarga yaqin iste’dodli sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
Musobaqa 4 noyabrga qadar davom etadi.
[gallery-14368]
O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar