FOTOREPORAJ
Namangan xalqaro aeroportida ayni paytda keng ko‘lamli qurilish va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, Namangandan mamlakatimiz poytaxti va boshqa vohalarga faqat dovon orqali o‘tiladi. Shu bois, aeroport infratuzilmasini yangilashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bu tadbirkorlik, transport xizmatlari va turizm rivojiga katta turtki beradi.
[gallery-21795]
Davlat-xususiy sherikchiligi asosida mazkur loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik binolari qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, aeroportning yo‘lovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga yetkaziladi. Yuk terminali tadbirkorlik, eksport va tranzit salohiyatini oshiradi.
Aeroportning modernizatsiya qilinishi viloyatning iqtisodiy va turistik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli. Yangi terminal qurilishi natijasida xalqaro aviaqatnovlar soni ham ortib, yo‘lovchilar hamda ularni kutib oluvchi va kuzatuvchi fuqarolar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA