Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyatining joriy yilgi iqtisodiy ko‘rsatkichlari qanday bo‘ldi?
17:52 / 2020-12-19

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazoqov joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yildagi rejalar bo‘yicha hisobot bermoqda.

Viloyatni har tomonlama rivojlantirish, ayniqsa, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sanoat tarmog‘ini kengaytirish, to‘qimachilik sohasini yanada rivojlantirish va bu orqali aholi daromadlarini oshirishga erishish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.

– 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifa etib belgilandi. Shuningdek, iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – dedi viloyat hokimi.

Xususan, hududda 2020 yilning to‘qqiz oyi davomida ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulot hajmi 18 trillion 554,6 milliard so‘mni, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizni tashkil etgan. Yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich 25 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Joriy yilda viloyat mahalliy byudjet daromadlari rejasi 1 trillion 396 milliard so‘m bo‘lib, amalda 1 trillion 549 milliard so‘m yoki 153,2 milliard so‘mga ortig‘i bilan bajarilishi kutilmoqda.

Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari koronavirus tarqalishining oldini olish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va tartibga keltirish, ijtimoiy soha muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mahallalardagi mavjud muammolarni bartaraf qilishga sarflandi.

Nurillo NASRIEV, O‘zA