French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyatini yanada rivojlantirish uchun besh yillik dastur ishlab chiqiladi
12:35 / 2021-09-27

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Uchrashuvda qayd etilganidek, inson qadrini tiklash va xalqimizni rozi qilish yo‘lida amalga oshirib kelayotgan tub islohotlar natijasida Namangan viloyatida ham hayot ijobiy tomonga o‘zgardi.  

– Tadbirkorlik va ishbilarmonlik vodiy, ayniqsa, Namangan xalqining qoniga azal-azaldan singib ketgan. Misol uchun, o‘tgan besh yilda viloyatda mahalliy sanoat qariyb 2 barobarga o‘sgani, jami 277 ming nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgani va bu mamlakatimizda eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri ekani, fikrimiz isbotidir.  

Shu bilan birga, Namangan viloyatidagi eng dolzarb masala – 127 mingdan ziyod aholi ishsiz bo‘lib, har yili mehnat bozoriga qo‘shimcha 42 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 27 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.  

Yashash va biznes uchun, qulay infratuzilmani yaratish kerak.  

Masalan, Mingbuloq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Chustda ichimlik suvi ta’minoti darajasi juda past, 27  ta mahalla esa markazlashgan ichimlik suvi bilan umuman ta’minlamagan.  

Viloyatda uy-joyga ehtiyoj katta. Birgina Namangan shahrida kelgusi besh yilda aholi 1 million nafarga yetishi hisobiga, qo‘shimcha 52 mingta uy-joyga ehtiyoj mavjud.  

Qishloq va suv xo‘jaligida Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘onda suvsizlik sababli 19 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari ishlatilmayapti.  

Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarida ham hali yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar mavjud.  

Yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hal etish, Namangan viloyati rivojini yangi yuqori taraqqiyot bosqichiga olib chiqish va aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha, besh yillik dastur ishlab chiqdik.  

Namanganning yetakchi tarmoqlarida sanoat klasterlari tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali, 400 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, aholi daromadini kamida 2 baravarga oshirish va kambag‘allikni ham 2 baravarga  qisqartirish ustuvor vazifa bo‘ladi, – Shavkat Mirziyoyev.  

O‘zA