English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:41 / 2023-06-08

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida minifutbol bo‘yicha “Biz sportchi qizlarmiz!” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqaning final bosqichiga Namangan mezbonlik qildi.

Viloyat markazidagi “Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada 12 jamoa kuch sinashdi. Murosasiz o‘tgan bahslar yakuniga ko‘ra, Namangan viloyati jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib mezbonga O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ko‘chma kubogi topshirildi. 
Ikkinchi o‘rin Toshkent viloyati vakillariga nasib etdi. Samarqand va Buxoro viloyatlari jamoalari uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Musobaqa qatnashchilari Namangan shahrida o‘tayotgan gullar bayramida ham ishtirok etdi. 
– Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda “Afsonalar vodiysi” xiyobonidagi go‘zal manzaralar har qancha maqtovga loyiq, – deydi O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Shuhrat Dehqonov. – Bejizga, bu bayram xalqaro maqom olmagan ekan. Buning uchun tashkilotchilardan minnatdormiz. G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan medallar, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

***

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bolalarni dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tomonidan 2023 yil yoz mavsumida maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlarni maroqli hordiq olishini ta’minlash maqsadida yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga start berildi. 
Namangan viloyatidagi so‘lim go‘shalarda joylashgan sakkizta oromgoh bolalarni qabul qilishni boshladi. Ular qatorida eng bahavo joyda – Kosonsoy tumanidagi “Sohil” va “Olmazor” oromgohlari ham ish boshladi. Mazkur oromgohda yoz oyi davomida 1 ming 120 nafar bola dam olish imkoniyatiga ega bo‘lib, barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Namangan viloyatidagi mavjud oromgohlarda dam olish yoshidagi jami 359 ming 388 nafar 7-14 yoshdagi bolalar bor bo‘lsa, joriy yil yoz mavsumida oromgohlarga ularning 5 ming 400 nafari qamrab olingan. 
Shuningdek, hududlardagi maktablar qoshida tashkil etilgan 67 kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchasida 10 ming 160 bola dam olishi rejalashtirilgan. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.