Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi
18:12 / 2022-03-13

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining buyrug‘i bilan Anvarjon Nabijonovich To‘ychiyev Namangan viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Anvarjon To‘ychiyev 1984 yil 9 may kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 2007 yili Namangan Davlat universiteti, 2020 yili Namangan muhandislik-qurilish institutini tamomlagan. Mutaxassisligi pedagog hamda iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 2008 yilda Namangan viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida ma’naviy axloqiy va sport bo‘limi mutaxassisi sifatida boshlagan. U 2008-2017 yillarda viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida turli mas’ul vazifalarda, 2017-2019 yillarda viloyat hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha kotibiyati mudiri, Namangan shahar pedagogika kolleji direktorii, 2019-2020 yillarda Namangan xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi direktori, 2020-2021 yillarda Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ish olib borgan.

Anvarjon To‘ychiyev tayinlovga qadar, ya’ni 2021 yilning iyun oyidan buyon Namangan viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘ining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida amalga oshirildi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.