Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasiga rahbar tayinlandi
14:49 / 2022-03-28

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ahmadjon Musoxonovich A’loxo‘jayev Namangan viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ahmadjon A’loxo‘jayev 1970 yil 6 mayda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995 yili Namangan sanoat texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-muallim. 

Mehnat faoliyatini 1989 yilda Namangan "DOSAAF" avtomaktabida haydovchilikdan boshlagan. 1990-2014 yillar davomida u Mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti tasarrufidagi Namangan avtomobil maktabida, "Vatanparvar" tashkiloti Namangan viloyati kengashida turli mas’ul va rahbarlik vazifalarida ish olib borgan. 

Ahmadjon A’loxo‘jayev yangi tayinlovga qadar, ya’ni 2014 yil yanvar oyidan buyon O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Namangan  viloyati kengashi raisi hamda 2021 yildan  O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirildi. 


Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.