Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati IIB boshlig‘i Kosonsoyda sayyor qabul o‘tkazdi
12:15 / 2022-02-25

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Rahmonov uchinchi sektor rahbari sifatida ilk sayyor qabulini Kosonsoy tumanida o‘tkazdi.

Viloyatning adir hududlariga tutash, qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvolini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan mazkur qabul davomida muammolar o‘z joyida bartaraf etilishiga erishildi.

Ma’lum muddat va ijro taqozo qiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, ijobiy hal qilish uchun mas’ullar biriktirildi.

Sektor rahbari tumandagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratar ekan, kommunal xizmat ko‘rsatish faoliyati takomillashtirilayotgani, ko‘chalarni asfaltlash, xonadonlarga ichimlik suvi yetkazish, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanish borasidagi muammolar mutaxassislar bilan birga hal etilayotganini aytdi.

Qabulga kelgan fuqarolar tomonidan imtiyozli kredit olish, ish bilan ta’minlanish va boshqa maishiy muammolar ko‘tarildi.

Sayyor qabul yakunida ikki nafar fuqaroligi yo‘q kishiga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi guvohnomalari topshirildi. 16 yoshni qarshi olgan olti nafar yigit-qizga ID kartalar taqdim etildi.

Insonlar dard-tashvishlarini tinglash, xalqimizga moddiy, ma’naviy, huquqiy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi sayyor qabullar viloyatning barcha hududlarida muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA