Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi
14:42 / 2021-09-22

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan bir qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Xususan, podpolkovnik Oybek A’loxonovich Xo‘jaqulov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Oybek A’loxonovich Xo‘jaqulov 1978 yil 25 iyul kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2000 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini (hozirgi Namangan muhandislik-qurilish instituti), 2008 yili esa Ichki ishlar Akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog va yurist.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda Uchqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limida hududlararo profilaktika inspektori vazifasidan boshlagan. 2003-2020 yillardagi mehnat faoliyati davomida Namangan viloyatidagi ichki ishlar organlarida profilaktika inspektori, kadrlar bo‘yicha inspektor, tergovchi, axborot markazi boshlig‘i kabi mas’ul va rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Oybek Xo‘jaqulov yangi tayinlovga qadar ya’ni 2020 yil fevral oyidan buyon Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA