Tayinlov
Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat rahbari Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimining 2021 yil 20 dekabrdagi qaroriga asosan Doniyor Pulatovich Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Doniyor Ermatov 1983 yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yili Namangan Davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi huquqshunos-yurist.Mehnat faoliyatini Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya mas’ul kotibi lavozimidan boshlagan.
2007-2015 yillar davomida u Namangan shahar prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi, Namangan tumani prokurorining yordamchisi, viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tizimida turli mas’ul vazifalarda faoliyat yuritgan.
Doniyor Ermatov 2016 yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyati hokimligining bosh yuristi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA