Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
09:29 / 2021-12-25

Tayinlov

Namangan viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat rahbari Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rildi.


Viloyat hokimining 2021 yil 22 dekabrdagi qarori bilan Ahror Ahmadaliyevich Mansurov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Ahror Mansurov 1988 yilda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2013 yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi huquqshunos-yurist.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda viloyat adliya boshqarmasi tasarrufidagi Mingbuloq  tumani davlat notarial idorasida notarius yordamchiligidan boshlagan. 2014-2019 yillar davomida Namangan viloyati adliya boshqarmasi, Namangan viloyati hokimligida turli mas’ul va rahbarlik vazifalarida ishlagan.

Ahror Mansurov 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.