Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Hindiston elchisi bilan uchrashdi
15:20 / 2021-02-22

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Hindistonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.

Amaliy muloqotda Namangan viloyati va Hindiston o‘rtasida madaniy-gumanitar va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi hamkorlik masalalari haqida so‘z yuritildi.  

Uchrashuv davomida Namangan viloyatining bugungi iqtisodiy salohiyati, ayniqsa, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarining jahon bozorida tutgan o‘rni xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.  

Namanganga ilk bor tashrif buyurgan elchi janoblari viloyatdagi o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlaridan hayratda ekanligini, iqtisodiy salohiyatni, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami va sifatini yuqori baholadi. Qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, biznes kabi turli sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha qator istiqbolli takliflarini bildirdi.  

Do‘stona ruhda kechgan uchrashuv yakunida tomonlar fan va texnologiyalar sohasidagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida har tomonlama hamkorlikda ishlashga kelishib oldi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA