FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov viloyat markazidan 102 kilometr uzoqda, Pop tumanining tog‘ bag‘rida joylashgan Qo‘shminor mahallasidagi 44-maktabda bo‘lib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Ta’lim islohotlarining amaliy samarasi, ya’ni, eng chekka hududlarda ham ilmiy-ma’rifiy muhit yaratilayotganini ushbu tadbir yana bir bor tasdiqladi.
[gallery-23560]
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Murojaatda yurtimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarga bo‘lgan ishonch, ularning g‘oyalari va tashabbuslari Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbirda o‘quv yili davomida alohida fidoyilik va ijodkorlik namoyon etgan o‘qituvchi hamda o‘quvchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA