Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati hokimi Norinda sayyor qabul o‘tkazdi
05:58 / 2022-10-14

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Norin tumani Kemaboshi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi, mutasaddi boshqarmalar, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida 100 dan ziyod fuqaroning muammoli masalasi ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida  hal etildi.

[gallery-9124]

– Farzandim birinchi guruh nogironi, - deydi Norin tumani Xo‘jaobod qishlog‘ilik Nargiza Jo‘rayeva. – Nogironlik aravachasiga ehtiyojimiz borligi bois sayyor qabulga keldik. Murojaatim tezda hal etilib, o‘g‘limga nogironlik aravachasi berildi.  

Fuqarolar sayyor qabuli va ochiq muloqoti chog‘ida ko‘tarilgan masalalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash viloyat hokimi hamda Xalq qabulxonasi nazoratiga olindi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA