English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati delegatsiyasi Tokiodagi biznes forumda ishtirok etmoqda
19:36 / 2019-12-17

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Tokioda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston-Yaponiya biznes forumida Namangan viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati.


Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Tokioda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston-Yaponiya biznes forumida Namangan viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) hamkorligida tashkil etilgan forumni Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqov ochib, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda uning qulay investitsion muhit yaratilishiga koʻrsatayotgan ijobiy taʼsiri, Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarining kengayishi, yangi bosqichda rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlar shakllanganini taʼkidladi.

Yaponiya-Oʻzbekiston parlamentlararo doʻstlik assotsiatsiyasi raisi, Bosh vazir oʻrinbosari – Taro Aso Yapon-Oʻzbek doʻstligining buguni va kelajagi haqida toʻxtalib, ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikda foydalanilmagan katta salohiyat mavjudligiga urgʻu berdi.

Yaponiya vazirliklari hamda Oʻzbekistonda ish olib borayotgan yirik yapon kompaniyalari vakillarining chiqishlaridan soʻng ikki mamlakat vazirliklari, tarmoq tashkilotlari hamda yirik kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Jumladan, “Oʻzatom” rahbari, Oʻzbekiston Energetika vaziri birinchi oʻrinbosari J.Mirzamahmudov raisligida oʻtkazilgan sessiya yigʻilishida Namangan viloyati hokimligi hamda Yaponiyaning yirik kompaniyalaridan biri – HANWA Co. Ltd. oʻrtasida investitsion sohada hamkorlik qilish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandumga viloyat hokimining oʻrinbosari O.Inomov hamda HANWA kompaniyasi faxriy prezidenti Shuji Kita imzo chekdi.

Mazkur hujjatga asosan HANWA Co. Ltd. kompaniyasi Namangan viloyati uchun maqbul investitsion loyihalar ishlab chiqishda ishtirok etadi, toʻgʻridan toʻgʻri yirik investitsiyalar jalb etishga koʻmaklashadi. Shuningdek, Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yaponiya bozoriga eksport qilishda hamkorlik qiladi.

Yillik aylanmasi yarim milliard dollarga teng kompaniya bilan memorandum doirasida boshqa oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlik masalalarida ham kelishib olindi.

Shuningdek, Namangandagi yetakchi eksportchi korxonalardan biri “Art Soft Tex Group” MCHJ rahbari O.Boboxonov, Yaponiyaning “Masui” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi K.Osagava hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” assotsiatsiyasi rahbari I.Haydarov tomonidan imzolangan uch tomonlama memorandum imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq, yapon kompaniyasi Namanganda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish hamda sifat nazoratini mukammallashtirishga koʻmak beradi. Shuningdek, yangi bozorlarga “Art Soft tex” mahsulotlarini olib kirish boʻyicha hamkorlikda ish olib boriladi.