Viloyat hokimining tavsiyasi bilan Ilhomjon Burhonovich Ikromov O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Viloyat hokimligida videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining tegishli buyrug‘i asosida tayinlangan yangi rahbar Ilhomjon Ikromov jamoatchilikka rasman tanishtirildi.
Ilhomjon Ikromov 1966 yilda Namangan viloyatining Norin tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1989 yili Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, 2002 yili O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 1989 yilda Namangan viloyati uy-joy jamg‘arma bankida iqtisodchi vazifasidan boshlagan. 1992-2020 yillarda u moliya idoralarida turli mas’ul lavozimlarda ish olib borgan. 2020-2022 yillarda Norin tumani hokimining o‘rinbosari - tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Yangi tayinlovga qadar Norin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri