Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati bolalar kutubxonasiga Muhammad-sharif So‘fizoda nomi beriladi
12:29 / 2021-09-27

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Uchrashuvda Namanganning yana bir atoqli namoyandasi – yurtimizda birinchi bo‘lib “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘lgan So‘fizodaning hayoti va faoliyati har tomonlama e’tiborga sazovorligi qayd etildi.

–Bu taraqqiyparvar inson 1913 yili Chust shahrida yetim bolalar uchun jadid usulida maktab tashkil qiladi. Zulm va zo‘ravonlik, jaholatga qarshi she’rlar yozgani uchun u quvg‘in va ta’qiblarga uchrab, ona yurtidan bosh olib ketishga majbur bo‘ladi.

So‘fizoda ko‘p yillar xorijiy mamlakatlarni kezib, ilg‘or taraqqiyot namunalari bilan yaqindan tanishadi. Hindistonda muallim, Afg‘onistonda maorif vazirining o‘rinbosari vazifalarida ishlaydi.

Keyinchalik yana Turkistonga qaytib, millatimizning ko‘zini ochish, yoshlarni ilm-ma’rifatdan bahramand qilish yo‘lidagi ishlarini davom ettiradi.

Afsuski, butun umr el-yurt tashvishi bilan yashagan So‘fizoda 1937 yili “xalq dushmani” degan tuhmat bilan 57 yoshida otib tashlandi. Bu ulug‘ insonning og‘ir va mashaqqatli kechgan hayoti bir haqiqatni yana bir bor isbotlaydi – jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hech qachon oson kechmagan.

Vatanimiz istiqloli, xalqimiz ravnaqi yo‘lidagi ulkan xizmatlarini inobatga olib, Namangan viloyati bolalar kutubxonasiga Muhammad-sharif So‘fizoda nomini bersak, o‘ylaymanki, har jihatdan o‘rinli bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA