Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan viloyati “Axsikent” arxeologiya merosi direksiyasiga yangi rahbar tayinlandi
12:59 / 2023-01-11

Namangan viloyati hokimining 2023 yil 9 yanvardagi farmoyishi bilan Anvar Axrolxonovich Ikromov viloyat hokimligi huzuridagi “Axsikent” arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi direktori etib tayinlandi.

Anvar Ikromov 1983 yil 20 noyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-menejer.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda “Asr” nashriyot uyiga qarashli “Asr futboli” gazetasi tahririyatida muxbir vazifasida boshlagan. U 2008-2020 yillar davomida Namangan viloyati matbuot va axborot boshqarmasida bosh mutaxassis, boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi matbuot kotibi, “Namangan” nashriyoti direktori, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi raisi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari, Namangan viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.

Anvar Ikromov yangi tayinlovga qadar, ya’ni 2021 yil yanvar oyidan buyon Namangan viloyati salohiyatini targ‘ib etish Media departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

O‘zA