Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan va Xitoy o‘rtasida gilos yetishtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi
19:18 / 2020-12-10

Xitoyning Shandong viloyati, Chingdao shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti qishloq xo‘jaligi nazorati qo‘mitasi, “Jinhe Tianrun Agriculture” kompaniyasi va Namangan viloyati hokimligi o‘rtasida gilos yetishtirish hamda dastlabki qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“Tianrun Agriculture” kopaniyasi boshqaruv raisi Zeng Si va Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov videoaloqa orqali mazkur shartnomani imzoladilar. Xitoy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori assotsiatsiyasi prezidenti Chjan Yusyang, Shandun viloyati va Chingdao shahri rahbarlari ushbu voqeaga guvoh bo‘lishdi.

[gallery-369]

Gilos ekish va dastlabki qayta ishlash bo‘yicha SHHT, “Jinhe Tianrun Agriculture” qishloq xo‘jaligi kompaniyasi va Namangan viloyatining o‘zaro aloqalari Xitoyning mamlakatimiz bilan gilos yetishtirishdagi yana bir muhim hamkorligidir. O‘zbekiston gilos yetishtiruvchi yetakchi davlat bo‘lib, bu ko‘rsatkich borasida dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi. Namangan viloyati esa quyoshli, yog‘ingarchilik kam kuzatiladigan hudud bo‘lgani uchun bu yerdagi giloslar mazali va jahon bozorida raqobatbardosh hisoblanadi.

Viloyat rahbari videoaloqa orqali Chingdao xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ochilishi bilan tabrikladi va hamkorlikdagi loyihaga muvaffaqqiyat tiladi. Mazkur jarayon forum davomida ekranlarda namoyish etildi va ishtirokchilarning qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA