Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan va Singapur ta’lim sohasida hamkorlik o‘rnatadi
22:51 / 2025-10-31

Namanganda xalqaro ta’lim yo‘nalishida yana bir muhim hamkorlikka qadam qo‘yildi. Viloyat hokimligi hamda Singapur Respublikasining nufuzli xususiy oliy ta’lim muassasasi – “Amity Global Institute” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Bu Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Singapurning “Amity Global Institute” direktori, professor Leon Kit Chung boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasidagi muloqot natijasida amalga oshirildi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda kadrlar tayyorlash, innovatsion ta’lim dasturlarini joriy etish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

[gallery-26023]

Xorijiy delegatsiya vakillari Namanganda oliy ta’limga qaratilayotgan e’tibor, ayniqsa, nodavlat o‘quv yurtlari ko‘payayotganligini yuqori baholab, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalarida xalqaro standartlar asosida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidladi.

Ikki tomonlama imzolangan memorandum o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, Namanganda xalqaro standartlar asosidagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Hujjatga ko‘ra, 2026-2030 yillar davomida Namangan davlat texnika universitetida “Amity Global Institute” va Buyuk Britaniyaning “University of East Anglia” universiteti bilan hamkorlikda  qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Loyiha doirasida axborot texnologiyalari, biznes boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha ikki diplomli ta’lim dasturlari joriy qilinib, shu orqali namanganlik talabalar xalqaro darajada tan olinadigan diplomlarga ega bo‘lishadi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA