Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan va poytaxt jamoalari peshqadam
16:41 / 2022-03-21

Samarqanddagi «Delfin» suzish havzasida suv polosi bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionati bahslari o‘z yakuniga yetdi.

So‘nggi tur o‘yinlari kutilganidek murosasiz ruhda kechdi. Erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yakuniy bahslarda Namangan – «Yoshlik» (Samarqand) – 22:1, ROSMM (Toshkent) – IBO‘SM (Namangan) – 2:29, Samarqand – Toshkent – 2:21 natijalari qayd etildi.

Shu tariqa erkaklar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarda barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan Namangan viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni ham Namangandagi ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Toshkent shahri jamoasi yakun yasab berdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Toshkent shahri jamoasi g‘oliblik shohsupasidan joy oldi. 2 va 3-o‘rinlarni Namangan va Samarqand jamoalari egallashdi.

O‘zA