Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etiladi
10:18 / 2022-10-06

Joriy yil 5 oktyabrda “Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, institut to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi. 

2024/2025 o‘quv yiliga qadar institut huzurida to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2026/2027 o‘quv yiliga qadar institutning kamida 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. 

Shuningdek, institut tarkibida quyidagilar yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi:

– ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi,

– dizayn studiyasi,

– innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi. 

Institutda o‘qish quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisiliklar bo‘yicha tashkil etiladi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: To‘qimachilik muhandisligi, To‘qimachilik mashinalari muhandisligi, Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi, To‘qimachilik kimyosi, bo‘yash va pardozlash muhandisligi, Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi, To‘qimachilik va yengil sanoat dizayni. 

Magistratura mutaxassisliklari: To‘qimachilik muhandisligi, To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha), To‘qimachilik mashinalari muhandisligi, Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi, To‘qimachilik kimyosi, bo‘yash va pardozlash muhandisligi, Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi, To‘qimachilik va yengil sanoat dizayni, To‘qimachilik mahsulotlari marketingi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.

 

O‘zA