Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan tibbiyotchilari Turkiyada tajriba orttiradi
12:28 / 2023-02-15

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Turkiyaning Liv Hospital xalqaro tibbiyot muassasalari tarmog‘i rahbari Meri Istiroti xonim bilan muzokaralar o‘tkazdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan muzokaralarda viloyat sog‘liqni saqlash sohasi yetakchilari va Liv Hospital rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab, viloyat hokimi hamkorlarga Namanganda tibbiyotni rivojlantirish istiqbollari va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, jug‘rofiy qulaylik, demografik o‘sish, iqtisodiy taraqqiyot va tabiiy sharoitlarning o‘ziga xosligi alohida ko‘rsatib berildi.

O‘z navbatida Meri Istiroti xonim ham Liv Hospital xalqaro tibbiyot muassasalari tarmog‘i modeli, boshqaruvdagi innovatsiyalar bilan tanishtirdi.

[gallery-10581]

Shundan so‘ng, tibbiyot xodimlarining malaka oshirishi, mutaxassislar tayyorlash, tibbiyot muassasalarini zamonaviy boshqaruvga o‘tkazish borasida fikr almashildi.

- Bir hafta ichida viloyatdagi tibbiyot markazlari direktorlari va shifokorlaridan iborat delegatsiyani Turkiyaga yuboramiz. Ular onkologiya, neyroxirurgiya, lor, travmatologiya va ortopediya kabi yo‘nalishlarda tajriba almashadilar, - dedi viloyat hokimi.

Turkiyalik hamkorlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish orqali tibbiyot turizmini ham yo‘lga qo‘yish, yuqori texnologiya talab etiladigan jarrohlik amaliyotlarini Namanganda o‘tkazish bo‘yicha ham bosqichma-bosqich ish olib borishga kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, Liv Hospital xalqaro tibbiyot muassasalari tarmog‘i Turkiyada yettita, Ozarbayjonda bitta tibbiyot zamonaviy klinikalari, shuningdek, tibbiyot kolleji hamda akademiyasi bilan mashhur bo‘lib, investor sifatida emas, balki boshqaruvni zamonaviylashtirish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish tamoyilini qo‘llaydi. Birgina Bakuda ushbu tamoyil asosida ish olib borishi natijasida Istanbulga keladigan bemorlar oqimi sezilarli darajada kamayib Ozarbayjonda davolanishni boshlagan.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA