“Namangan Square” qurilishi jadallashmoqda
“MJ Developers” xalqaro qurilish kompaniyasi loyihasi asosida “Namangan Premium Investment” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan “Namangan Square”majmuasi qurilishiga 50 million dollar mablagʻ sarflanadi.

Majmuadan 2 ta 20 qavatli biznes markazi binosi, yirik savdo va koʻngilochar markazlari, savdo doʻkonlari, golf maydonlari, mehmonxona va koʻp qavatli turar-joy, maktab binolari joy oladi. Bu yerda tatbiq etiladigan ilgʻor ”yashil texnologiyalar” “Namangan Square”ni eng ekologik toza manzilga aylantiradi.
Bugunga qadar 3,7 dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritilgan loyiha boʻyicha hozirda 3 ta koʻp qavatli turar-joy binosi qurilish ishlari olib borilmoqda.