English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Namangan Square”: Farg‘ona vodiysidagi ilk osmono‘par “egizak” binolar
17:11 / 2019-11-28

Namangan shahrida “Namangan Square” majmuasi loyihasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.


Namangan shahrida “Namangan Square” majmuasi loyihasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov, shahar hokimi Sh.Abdurazzaqov, loyiha hamkor tashkilotlari rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

18 gektar maydondan iborat ushbu zamonaviy shaharchaning markazidan Farg‘ona vodiysidagi ilk ikki osmono‘par bino o‘rin oladi. Zamonaviy turar-joylar, chakana savdo maydonchalarini 10 gektardan ortiq park maydonida o‘ziga xos landshaft dizayn bilan joylashtirish rejalashtirilgan.

Shaharchada yugurish va velosiped yo‘llari, turli sport maydonchalari hamda viloyatlar orasida birinchi golf maydoni quriladi. Ilg‘or “yashil” texnologiyalar” “Namangan Square”ni eng ekologik toza manzilga aylantiradi.

To‘rt yil davomida qurilishi mo‘ljallangan “Namangan Square” hududida ikkita osmono‘par binodan tashqari 1 ming 500 xonadondan iborat turar-joylar, bog‘cha, maktab, savdo markazlari barpo etiladi.