English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
16:21 / 2025-10-29

Namangan viloyat hokimining tegishli qarori bilan Ayubxon Orifjonovich Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Anvar Xo‘jaxonovich Otaxo‘jayevning o‘rnida faoliyatga kirishdi.

Bu haqida bugun shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida rasman ma’lum qilindi. Viloyat hokimining bu boradagi qarorlari deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Namangan shahrining yangi hokimi Ayubxon Kamolov sessiya ishtirokchilariga viloyat markazini 2026-2028 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo‘yicha rejasini taqdim etdi.

Ayubxon Kamolov tayinlovga qadar, ya’ni 2020 yil dekabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sessiya ishida Namangan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Eslatib o‘tamiz: Namangan shahrining sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev bir necha oy oldin pora olishda ayblanib, qo‘lga olingan edi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA