Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan shahar hokimi o‘zi tahsil olgan maktabning so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi
19:54 / 2025-05-24

FOTOREPORTAJ

Bugun mamlakatimizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv yili yakunlanib “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, Namangan shahridagi mavjud 53 ta maktabni 5  ming 132 nafar o‘g‘il-qiz tamomlab, katta hayot yo‘liga qadam qo‘ydi. 

50 nafar bilimli yosh maktabni oltin va 4 nafari kumush medalga bitirdi, 440 nafar yigit-qiz muddatidan avval oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. 

[gallery-23570]

Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev o‘zi tahsil olgan 41-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, davlatimiz rahbarining bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan tabriklarini o‘qib eshittirdi. 

Maktabda o‘zining namunali xulqi va ta’lim jarayonlarida erishgan yutuqlari bilan barchaga namuna bo‘lgan bitiruvchilar hamda sport sohasida yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan maktabning voleybol jamoasi e’tirof etilib, hokimlik tashakkurnomasi va sport vazirining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA