Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan sanoatining yetakchi kuchi – tadbirkorlar (+video)
18:15 / 2023-03-04

Namanganda tadbirkorlik viloyat iqtisodiyotining lokomotiviga aylandi. Hozirgacha 78 ta sanoat zonalari tashkil etilganining oʻzi izoh talab qilmas dalildir.

Namanganda tadbirkorlik viloyat iqtisodiyotining lokomotiviga aylandi. Hozirgacha 78 ta sanoat zonalari tashkil etilganining oʻzi izoh talab qilmas dalildir.

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” ularning biri. 10 gektar maydonda 46 ta tashabbuskor tadbirkor qiymati 612,3 milliard soʻmlik loyihalarni amalga oshirib, 6 ming 470 ta yangi ish oʻrni yaratmoqda. “Sifat yogʻoch sanoat” MCHJ shu hududda joylashgan.

Bu yerda yiliga 1200 toʻplam sifatli mebellar ishlab chiqariladi va xonadonlarni bezaydi.

Mamlakatimizda xorijiy valyuta konvertatsiyasining ochilgani, tadbirkorlarni beqiyos darajada qoʻllab-quvvatlash xalq ichidan isteʼdodlilarni yuzaga chiqardi. Ayniqsa, hunarmandchilikda ulkan yuksalish roʻy berdi.

Bahodir Xalilov namanganlik, ammo yurtimizda mashhur ustoz-hunarmandlarning biri. Tadbirkor ham soʻnggi yillarda roʻy bergan islohotlar tufayli yirik ishlab chiqaruvchi va mulk egasiga aylandi.

–Yoshligim ancha qiyinchilik bilan kechgan. Otamiz oddiy ishchi. Onadan bolalikda erta yetim qolganmiz. Otamiz ham ota, ham ona boʻlib boqqan – deydi usta Bahodir Xalilov. – Milliy oʻymakorlik hunarini tanladim. Ishlab bolalarni boqdik, toʻylar qildik. Prezidentimiz tadbirkorlarga katta eʼtibor berdi. Shundan ruhlandik. Kuchimizga kuch qoʻshildi. Shunda milliy hunarmandchilikni sanoat darajasiga chiqarishni niyat qildik.

Usta Bahodir Xalilovga ham “Barkamol avlod” sanoat zonasidan yer berildi. Ilgari kichik ustaxonada ishlagan boʻlsa, endi katta, qulay sexlar qurildi. Amaldagi imtiyozlar tufayli barcha infratuzilma davlat tomonidan qilib berildi. Suv, gaz, suvoqava, koʻchalar...Usta bundan ilhomlanib yangi-yangi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Uning dovrugʻi hatto davlat rahbarigacha yetdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganda boʻlgan chogʻi bu yerga ham tashrif buyurdi, usta bilan uchrashib, suhbatlashdi.

–Prezidentimizga ishchi oʻrinlarni aytdim. Xozir 75 ta. Bu yil 150 taga chiqaramiz. Bizda hamma narsa muhayyo. Biz asosan chet el bilan savdo-sotiq qilamiz. Xozir mijozlarimiz Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya, Dubayda. Dubayga eksport salohiyatimizni kuchaytiramiz, mebellarimizni dunyoga tanitamiz, – deydi usta.

Bahodir akaning niyatlari katta. Bu yil toʻrt qavatli korxona qurmoqchilar. Uning yuqori qavatlariga mebel trikotaj matolari ishlab chiqarish va tikuv boʻlimi joylanadi.

–Uchta oʻgʻlim bor, hammasi yonimda – deydi Bahodir Xalilov. – Ular hunarli, bilimli. Prezidentimiz biz tadbirkorlarni yoʻl ochdi, biz ham farzandlarimizga shunday yoʻl ochdik. Endi ular oʻzlari parvoz qiladi.

<iframe width=“560” height=“315” src="https://www.youtube.com/embed/HlHiy3p6mrI“ title=”YouTube video player“ frameborder=”0“ allow=”accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Baxtiyorjon, Boburmirzo, Jahongir – bular bugunning ustalari. Shuning uchun ham istiqbolli ertani qurishmoqchi.

–Sifat boʻyicha raqobat boʻlmasa, orqada qolib ketiladi. Shuning uchun izlanishda davom etib, stanoklarni Germaniya, Italiya, Xitoydan olib keldim. Yaqinda Rossiyaga koʻrgazmaga bordik. Ular ham mahsulotimizga qiziqdi – deydi Bahodir Xalilov.

Namanganga kelsangiz usta Bahodir Xalilovni izlang. Zero bu insonning “Umr odamlarga yaxshilik qilish uchun berilgan”, degan hayotiy falsafasidan siz ham bahramand boʻlasiz.

 

Muhammadjon Obidov,

Elyor Olimov(video)