Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan o‘g‘loni “Strandja”da eng yaxshi bo‘ldi
14:57 / 2026-03-02

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan “” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Dunyoning 35 ta mamlakatidan kelgan 300 dan ortiq bokschilar g‘oliblik uchun bahslashgan mazkur musobaqaning vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Fazliddin Erkinboyev musobaqa g‘olibiga aylandi.

Namangan viloyati  Uchqo‘rg‘on tumanida dunyoga kelgan Fazliddin musobaqa davomida dastlab mo‘g‘ulistonlik Dalai Ganzorigni, chorak finalda uelslik Orlando Xolley-Sotomini, yarim finalda italiyalik Gabriyele Guidini taslim etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.  

F.Erkinboyev nufuzli musobaqaning chempionligi uchun o‘tgan final jangida mezbonlar vakili Rami Kivanga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Uning musobaqadagi yorqin g‘alabalarini musobaqa tashkilotchilari yuqori baholadi va  turnirning eng yaxshi sportchisi deya e’tirof etdi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA