Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan muhandislik-texnologiya institutini 210 nafar magistr muvaffaqiyatli tamomladi
11:40 / 2022-07-22

Fotoreportaj

Namangan muhandislik-texnologiya institutida joriy o‘quv yilida ta’limning magistratura bosqichini tamomlagan yoshlarga magistrlik diplomlarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. 

[gallery-7999]

Tadbirda Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori O. Mamatkarimov ishtirok etib, magistrlarga oq yo‘l tiladi. O‘quv yili davomida o‘zining faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh bitiruvchilar institut rahbariyatining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, bir guruh faol magistrlarning ota-onalariga ham institut rektorining rahmatnomalari taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilida institutni 210 nafar magistr tamomlamoqda. Yangi o‘quv yili uchun esa 160 nafar o‘g‘il-qiz qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA