French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan ko‘chalari yanada obod bo‘lmoqda
15:51 / 2025-03-18

FOTOREPORTAJ

Navro‘z bayrami arafasida Namangan shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shahar ko‘chalarining yo‘llaridagi asfaltlar ta’mirlanib, notekisliklar va chuqurlar tiklanmoqda.

Namangan shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar nafaqat shahar ko‘rinishini go‘zallashtirish, balki haydovchilar uchun qulay va yanada xavfsiz harakatlanish imkonini beradi.

Shuningdek, shahar ko‘chalari va xiyobonlaridagi yashil hududlar ham obodonlashtirilib, gulzorlar tartibga keltirilmoqda. Jumladan, Usmon Nosir xiyobonida zamonaviy landshaft yaratilib, baliqlar uchun hovuzcha tashkil etilmoqda. Maxsus toshlar bilan bezash rejalashtirilgan hovuz atrofida landshaft dizaynerlari tomonidan yangi kompozitsiyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Kurashxona mahallasining G‘uncha hududida ham xonadon egalari, tadbirkorlar va mahalla ahli hamjihatlikda uylar oldini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va hududni obod qilish ishlarida faollik ko‘rsatmoqda.

[gallery-22321]

Shuningdek, Oydinko‘l va Lola mahallalari hududida joylashgan ko‘chalar qirg‘oqlari, uylar atroflarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etayotir.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA