Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan ishsizlikdan xoli hududga aylanadi
16:49 / 2025-12-10

FOTOREPORTAJ

Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Har bir yangi ish o‘rni va ishlab chiqarilgan mahsulot nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshiradi, balki mamlakatimiz sanoatini xalqaro maydonda tanitishga xizmat qiladi.

Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov boshchiligidagi ishchi guruh Yangi Asr mahallasida joylashgan “Asror textile” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxona bugungi kunda ming kishining bandligini ta’minlagan va asosan erkaklar uchun kostyum-shim ishlab chiqaradi.

Korxona joriy yil davomida 10 million dollar miqdorida eksportni amalga oshirdi. Mahsulotlar Rossiya, MDH davlatlari hamda Yevropaning bir qator mamlakatlari bozoriga chiqariladi.

Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqarish jarayoni, sifat nazorati va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.  

[gallery-26663]

- Hozir oldimizda Namangan shahrini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish vazifasi turibdi va buni sizdek tadbirkorlarning yordami bilan amalga oshiramiz. Yangi ish o‘rinlarini yaratishga doir har qanday masalani qonun doirasida yechishga biz tayyormiz, - dedi hokim A. Kamolov tadbirkor bilan suhbatda.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA