FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida viloyat madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari sohalarida salmoqli yutuqlarga erishgan bir guruh faollar taqdirlandi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov yakunlanayotgan 2025 yil hudud hayotida ham chuqur iz qoldirayotganini, barcha sohada, jumladan, madaniyat, sport va media yo‘nalishlarida yutuqlarga boy bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining joriy yil 26 dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor vazifalarning mohiyati hamda ahamiyati haqida keng to‘xtalib o‘tdi.
Marosim yakunida madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari sohalarida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh faollarga “Namangan iftixori – 2025” statuetkasi hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bayram tadbiri taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada fayzli kechdi.
[gallery-26958]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA