FOTOREPORTAJ
Xabar berganimizdek, Xorazmda xalqaro etnosport festivali davom etmoqda.
Festival doirasida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an xorazmlik yoshlar va Xiva shahrida mehmon bo‘lib turgan yosh sportchilar bilan uchrashdi. Samimiy va ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda Najmiddin Bilol Erdog‘an dastlab yoshligi haqida gapirib berdi. Xususan, dunyoning ilg‘or universitetlarida tahsil olgani, bugungi kunda yoshlarga bog‘chadan to universitetigacha bo‘lgan uzluksiz ta’lim berish borasida yo‘lga qo‘ygan ishlari haqida so‘zladi.
[gallery-13513]
Najmiddin Bilol Erdog‘anga O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumi prezidenti Taha Ayhan, O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi raisi Oybek Norinboyev hamrohlik qildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA