Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Naima Anvarova: "O‘zbek qizi ekanligimdan faxrlanaman!" (+video)
10:40 / 2025-08-26

Mamlakatimizda xotin-qizlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi.

Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlarni ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi samarali faoliyatga keng jalb qilish, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun, bir tomondan, yurtimiz ayollari va qizlarining ilm-fandagi faolligini xalqaro miqyosda kuchaytirish, ikkinchi tomondan, ta’lim va ilm-fan sohalarida gender tenglikka erishish nihoyatda zarur. Chunki aslida ham, ayol bilimli bo‘lsa, tarbiya qilgan farzandlari zukko, salohiyatli bo‘ladi. Yanada muhimi, ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi.

"Faxringman, Vatan!" loyihasining qahramoni iqtidorli qizlarimizdan biri Naima Anvarova lavhamizda o‘z faoliyati va ijodi bilan bo‘lishdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/1CasLL7ei6U?si=VvVJ-hoFUikGIcUD" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov, O‘zA