Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nagoya shahrida Toshkent kuni nishonlanadi
16:56 / 2020-11-25

Yaqin kunlarda O‘zbekiston poytaxti Toshkent va Yaponiyaning Nagoya shaharlari o‘rtasida 2019 yil 18 dekabr kuni imzolangan “Turistik va madaniy hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuvning bir yilligini keng nishonlash rejalashtirilmoqda.

Nagoyada bo‘lib o‘tadigan tadbirda shahar meri Takashi Kavamura, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muhtor elchisi G‘ayrat Fozilov, yurtimiz vazirlik va idoralari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtiroki kutilyapti.

Bayram dasturi ikki qismdan iborat. Dastlab Toshkent shahrining sayyohlik salohiyatini targ‘ib qiluvchi maxsus bezatilgan avtobus taqdimoti o‘tkaziladi. Mazkur avtomobil 2021 yil mart oyiga qadar 4 oy davomida Gokiso –Dori – Kanayama – Irinaka - Nagoya yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.

Shuningdek, tadbirda o‘zbek madaniyati, xalqimiz an’analari, milliy musiqa san’atimiz namunalari namoyish etiladi.